AsosiyDunyo

Afg`onistonning AQShdagi elchisi iste`foga chiqdi

'Afg`onistonning AQShdagi elchisi  iste`foga chiqdi'ning rasmi

Afg`onistonning AQShdagi elchisi lavozimidan ketdi. Vashington unga bosim o`tkazgani aytilmoqda. Bu haqda "Zamon” xabar berdi.

Unga ko`ra, Odil Roz Turkmaniston, Xitoy va Erondagi elchilardan so`ng iste`foga chiqqan to`rtinchi diplomat bo`ldi. Ayrim ma`lumotlarga asosan, uning bu lavozimni tark etishida AQSh o`tkazgan bosim sabab bo`lgan. xususan, AQSh davlat departamenti elchixona xodimlaridan siyosiy va konsullik faoliyatini to`xtatishni talab qilgan. Shuningdek, ularning diplomatik maqomi hamda immuniteti 30 kundan keyin bekor qilinishi aytilgan.

Odil Rozga dahlsizlikni saqlab qolish taklif qilingan, ammo u buni rad etgan. Bundan tashqari elchi davlat departamentidan Afg`oniston Islom Respublikasi bayrog`ini elchixonadan tushirmaslikni talab qilgan.

    Boshqa yangiliklar