AsosiySport

Eldor Shomurodov koronavirus yuqtirib oldi

'Eldor Shomurodov koronavirus yuqtirib oldi'ning rasmi

Rimning «Roma» klubi Italiya A Seriyasi 26-turi doirasidagi «Verona»ga qarshi bahsdan avval tarkib borasida muammolarga duch keldi.

«RomaPress» va Italiyaning bir qator nashrlari xabariga ko`ra, rimliklar safidan hujumchi Eldor Shomurodov va yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan koronavirus yuqtirib olgan.

Bosh murabbiy Joze Mourinoning tarkib borasidagi muammosi bu bilan cheklanib qolmagan. Jamoa etakchilaridan biri Nikola Dzanola ham jarohati sababli «Verona»ga qarshi bahsni o`tkazib yuborishi mumkin. Manchini va Ibanesning ham maydonga tushishi so`roq ostida ekani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar