AsosiyJinoyat

Toshkentda 21 yoshli mast yigit tanishini pichoqladi

'Toshkentda 21 yoshli mast yigit tanishini pichoqladi'ning rasmi

Aniqlanishicha, jabrlanuvchi yigitning sevgilisi haqida yomon gaplar gapirgan

Toshkent shahri Yashnobod tumanida 10 fevral kuni 21 yoshli mast yigit tanishini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea soat 00:30 atrofida tumanning Ohangrabo ko`chasida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, 21 yoshli B.I. 20 yoshli tanishi B.R.ning uyiga mehmonga kelib, birga spirtli ichimliklar iste`mol qilgan va o`zaro janjallashib qolgan.

Qayd etilishicha, kelishmovchilik sabab B.I. B.R.ning tanasining turli joylariga pichoq bilan tan jarohati etkazgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida R.B. shifoxonaga yotqizilgan.

O`tkazilgan tergovda jinoyatning kelib chiqish sabablari o`rganilgan. Ta`kidlanishicha, jabrlanuvchi I.B.ning sevgan qizi to`g`risida yomon gaplar aytgan. Mazkur holat bo`yicha Yashnobod tuman ichki ishlar organi faoliyatini muvofilashtirish bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar