Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Uzun tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika universitetini tugatganligi haqidagi diplomini go`yoki “S.” ismli tanishi orqali nostrifikasiya qilib berishni va`da qilib, evaziga oldindan kelishilgan 1 100 AQSh dollari va 6,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






