1

VGIK instituti rektori Kinematografiya agentligi Bosh direktori bilan uchrashdi

Madaniyat 19.02.2022, 20:30
VGIK instituti rektori Kinematografiya agentligi Bosh direktori bilan uchrashdi

Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va prodyuser, O`zbekiston Kinematografiya agentligi ekspertlar kengashi a`zosi Sayyora Xudayberdieva amaliy tashrif bilan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog`ida Kinematografiya agentligi Bosh direktori mart oyida Rossiyada "O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tishini, tadbir doirasida VGIK ishtirokida ham bir qator tadbirlar o`tkazilishini aytib o`tdi. Shu munosabat bilan bir oy muddatda “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish va ishchi guruh tuzish taklif etildi.

Shuningdek, 2022 yil sentyabr oyi oxirida Toshkentda “Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tishi, unda VGIK talabalarining ishtirokidan mamnun bo`lishi haqida ma`lum qilindi.

VGIK rektori Vladimir Malshev aktyorlik bo`limi talabalari Rossiyada "O`zbek kinosi kunlari”da ishtirok etishlari mumkinligini ta`kidlab, ushbu tadbir doirasida institutda filmlar namoyishini tashkil etish taklifini bildirdi.

VGIKning animasiya va multimedia fakulteti dekani Elena Yaremenko “Markaziy Osiyoning golografik saroblari” multimedia interaktiv xalqaro loyihasi taqdimotini namoyish etdi. Loyiha talabalar va o`qituvchilarning ijodiy kuchlarini birlashtiradi va ikki davlat – Rossiya va O`zbekiston tarixi, madaniyati, milliy an`analarini aks ettiradi. Ijodiy loyihalarni amalga oshirishda klassik animasiya texnologiyalari va raqamli san`at vositalari qo`llaniladi. Qo`shma loyihani amalga oshirish doirasida virtual va to`ldirilgan reallik (VR / AR) uchun eksperimental texnologiyalarni tadqiq etish, joriy etish va o`rganish bo`yicha tadbirlar o`tkaziladi.

Animasiya va multimedia fakulteti talabalari tomonidan uchta animasion videorolik namoyish etildi: “Temurning g`alabasi” (animasion film tizeri), “O`rmonlar va bo`rilar haqida doston” va “Temurlanning Sungsvati” animasion filmlari.

Firdavs Abduxoliqov namoyish etilayotgan animasion filmlarga mualliflik qilgan talabalarning ijodiy qobiliyatlarini qayd etib, O`zbekiston Kinematografiya agentligi yosh rejissyorlar bilan hamkorlikni olqishlashini ta`kidladi.

Animasiya va multimedia fakulteti talabalarining asarlari taqdimoti natijalariga ko`ra, Elena Yaremenko O`zbekiston Respublikasi ishtirokida xalqaro animasiya loyihasini ishlab chiqish g`oyasi bilan chiqdi. Bu taklif Agentlik bosh direktori tomonidan iliq kutib olindi va o`z navbatida mazkur loyihani Rossiyadagi "O`zbek kinosi kunlari” doirasida taqdim etishni taklif etdi.

VGIK rektori Vladimir Malshev hamkasblarining fikriga qo`shildi va ikki tomon ham ushbu animasion loyihaning jozibadorligini tushunishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1