Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 46-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabidagi qonun buzilishlar haqida xabarlar tarqatilgan.
Qashqadaryo viloyat prokuraturasining aniqlashicha, 46-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori 02.09.2020 yilda fuqaro S.Ani mazkur maktabga kadrlar bo`yicha menejer lavozimiga 0,5 shtat birligida ishga qabul qilib, 01.03.2021 yilga qadar S.A tomonidan biror bir ish bajarilmagan bo`lsada, unga jami 3 115 802 so`m miqdorida ish haqi hisoblab, to`lanishiga sababchi bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan maktab direktoriga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 61-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.
To`plangan hujjatlar 13.01.2022 yilda JIB Qarshi shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilib, maktab direktori MJtKning 61-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, jarima jazosi qo`llanilgan.






