Angliya Premer-ligasining 26-turidan o`rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi.
Peshqadam "Manchester Siti" o`z maydonida "Tottenhem"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan o`yinda "taqachilar" 3:2 hisobida g`alaba qozondi. Shu tariqa, "shaharliklar" 2022 yildagi dastlabki mag`lubiyatini qabul qilib oldi.
"Liverpul" esa autsayder "Norvich"ga qarshi maydonga tushdi. Dastlab o`z darvozasi to`ridan to`p olib chiqqan bo`lishiga qaramay, "qizillar" yakunda 3:1 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi.
"Chelsi" esa London derbisida "Kristal Pelas"ni kichik 1:0 hisobida engdi. Yagona gol 89-daqiqada Hakim Ziesh tomonidan kiritildi.
APL, 26-tur
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 2:3
Gollar: Deyan Kulusevski 4', Ilkay Gyundogan 33', Xarri Keyn 59', Riyad Marez 90+2', Xarri Keyn 90+5'
Liverpul – Norvich 3:1
Gollar: 0:1 – 48 Rashisa, 1:1 – 64 Mane, 2:1 – 67 Saloh, 3:1 – 81 Dias.
Kristal Pelas – Chelsi 0:1
Gol: 0:1 – 89 Ziesh.






