Davlat ekologiya qo`mitasining yozishicha, ilmiy atamada tog` echkisi deb nomlanadigan kiyiklar asosan chiqish qiyin bo`lgan baland tog`larda yashaydi.
Hisor davlat qo`riqxonasi ham bu jonivorlarning doimiy yashash maskani hisoblanadi. Qo`riqxona xodimlarining ma`lum qilishicha, olib borilgan izchil muhofaza chora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda ular sonining ko`payyotgani kuzatilmoqda. Ayni paytda ham ularning yashash tarzi, ko`payishi doimiy muhofaza olingan.
Ta`kidlanishicha, videotasvir yaqinda olingan va Hisor davlat qo`riqxonasi xodimlari tomonidan taqdim qilingan.






