AsosiyJinoyat

Buxoroda o`g`irlangan mashinada "benzin" kam bo`lgani uchun yarim yo`lga tashlab ketildi

'Buxoroda o`g`irlangan mashinada "benzin" kam bo`lgani  uchun yarim yo`lga tashlab ketildi'ning rasmi

2022 yil 18 fevral kuni soat 20:14 da noma`lum shaxs, Buxoro shahar Sherbudin ko`chasida joylashgan avtoturargohda 37 yoshli R.F. tomonidan qarovsiz qoldirilgan «Spark» avtomashinaning eshiklari ochiq va uning kaliti o`t oldirish qulfida qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 18 yoshli A.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritilganda, “shovvoz” jabrlanuvchining avtomashinasida Buxoro shahri Turdi Farog`iy ko`chasi 26-uy oldiga etgan payti uning yonilg`isi tugaganligi sababli transport vositasini shu erda qarovsiz qoldirib ketganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.R. prosessual tartibda ushlangan.

 

    Boshqa yangiliklar