AsosiyJinoyat

Yashnobodda xususiy korxona rahbari 72 nafar fuqaroga mashina olib beraman deb aldadi

'Yashnobodda xususiy korxona rahbari 72 nafar fuqaroga mashina olib beraman deb aldadi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “E.T.A.” xususiy korxonasi rahbari D.T. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga imtiyozli shartlar asosida avtotransport vositalarini olib berishni va`da qilib, 72 nafar fuqaro bilan shartnoma tuzishga erishib, jami 362,3 mln so`mni MChJning hisob-raqamiga dastlabki to`lov sifatida qabul qilishib, ushbu mablag`larni o`zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi, shuningdek, D.T. soliq hisobotlarida daromadlarini kamaytirib ko`rsatish orqali 137,7 mln so`m soliq to`lovlarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar