Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida "Tashqi mehnat migrasiyasi to`g`risida"gi qonuni loyihasi uchinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar bilan uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, O`zbekistondan tashqarida ishlayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegrasiya qilish tartibi tizimlashtiriladi.
Shuningdek, mehnat migrantlariga muayyan imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.
Deputatlar qonun loyihasining ahamiyati, ikkinchi o`qishda bildirilgan taklif-tavsiyalarning loyihada aks ettirilganini alohida ta`kidlab, uni uchinchi o`qishda qabul qildi.






