AsosiySport

Holand va Mbappe bir ligada o`ynashini xohlardim — La Liga prezidenti

'Holand va Mbappe bir ligada o`ynashini xohlardim — La Liga prezidenti'ning rasmi

La Liga prezidenti Xaver Tebas Kilian Mbappe va Erling Holandning kelajagi haqida gapirdi.

«Holand «Barsa»ga, Mbappe esa «Real»ga o`tishini istayman. O`z davrida jahonning eng yaxshi ikki o`yinchisi Messi va Ronaldu jahonning eng yaxshi ikki klubida to`p surgandi. Endi Holand va Mbappe bir ligada o`ynashini xohlardim. Bu borada men «Real» emas, La Liganing ashaddiy muxlisiman.

Mbappe o`z klubi bilan shartnomani uzaytirmayapti. Uning jamoasini tark etishi ehtimoli yuqori. Kilian o`tishi mumkin bo`lgan yagona klub sifatida matbuot faqat «Real»ni yozmoqda. Shunday ekan, uni La Ligada kutishga haqlimiz. U «Real» va Primeraga ko`p narsa beradi», - deydi Tebas ABC bilan suhbatda.

Avvalroq, Mbappe va Holand transferi «Real»ning yozgi mavsumdagi eng asosiy ikki maqsadi ekani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar