Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti tarafdorlari faoliyatiga chek qo`yildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati.
Tadbir doirasida Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida yashovchi “A.O.” boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda virtual xalqa tuzib, “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlandi.
Shuningdek, mazkur guruh etakchisi “A.O.” Internet tarmog`i orqali “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g`oyaviy rahnomalaridan biri 1980 y.t., Qirg`iziston fuqarosi Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich (laqabi. “Maxmud Abdulmo`min”) bilan aloqa bog`lab, uning ko`rsatmalari asosida faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
O`tkazilgan tadbir davomida, “virtual xalqa” a`zolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirib olib qo`yildi va xalqa a`zolariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi, 244 (prim-1) moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






