Og`ir vaznli o`zbek bokschisi Lazizbek Mullajonov bugun, 27 fevral kuni bo`lib o`tgan final jangini g`alaba bilan yakunladi va O`zbekiston delegasiyasi hisobiga oltinchi oltin medalni taqdim qildi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.
Quyida jamoaning "Stranja-2022" musobaqasida qo`lga kiritgan medallari bilan tanishing.
Oltin medallar:
-51 kg: Hasanboy Do`smatov;
-57 kg: Abdumalik Xalakov;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov;
-80 kg: Odiljon Aslonov;
-92 kg: Madiyar Saidrahimov;
+92 kg: Lazizbek Mullajonov;
Bronza medali:
-52 kg: Tursunoy Rahimova.






