AsosiyJamiyat

Farg`onada mansabdor shaxslardan biri 5 ming dollar pora bilan qo`lga tushdi

Farg`ona viloyat hokimiyati qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori 5 ming dollar pora bilan qo`lga tushdi, deb xabar berdi “Uz24.uz” nashri.

O`zbekiston respublikasi MXX xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o`tkazilayotgan tadbir davomida Farg`ona viloyat hokimiyati qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, 62 yoshli Muxtorjon Alixonovni 5 ming dollar pora bilan qo`lga oldi.

“Farg`ona eksklyuziv qurilish” MChJ qurilish firmasi rahbari N.Vaqqosov ariza bilan huquq-tartibot idorasiga murojaat qilib, M.Alixonov ta`mirgirlik yo`li bilan pul talab qilayotganidan arz qilgan. N.Vaqqosovning arizasiga asosan tezkor-tergov guruhi tashkil etilib, M.Alixanov 5 dollar porani olayotganda ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.

Farg`ona viloyat hokimiyati qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori M.Alixonov porani “Farg`ona eksklyuziv qurilish” MChJ qurilish firmasining ob`ekt qurilishi tenderida g`olib bo`lishi uchun talab qilgan. Mazkur fakt yuzasidan O`zbekiston respublikasi Jinoyat Kodeksining (“Pora olish”) 210-moddasi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar