Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo`limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyati filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.S. filialning amaliyot bo`limi mas`ul shaxslari bilan til biriktirib, fuqaro N.E. nomiga “U.C.” MChJni tashkil etib, MChJga 1,9 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, shundan 1,1 mlrd so`mini turli sub`ektlarga mahsulotlar sotib olish uchun o`tkazish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






