AsosiyJamiyat

Nima gap o`zi? “Oila qurish nima uchun kerak?”

'Nima gap o`zi?  “Oila qurish nima uchun kerak?”'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar anchayin xatarli hududga aylandi. Aksariyat hollarda mazmunan boshqa voqeylikni kasb etadigan video, audio formatlarini qisqartirilgan shakli tarqatilyapti. Tabiiyki, ko`r-ko`rona tarqatilgan “qirqim”lar insonlarning hissiyotlariga ta`sir etishi, tarmoqlarda agressiv to`lqinlarni keltirib chiqarishi hech gap emas. O`tgan hafta davomida psixolog Nargiza Sattorovaning “Oila qurish nima uchun kerak” treningidan kesib olingan qism ko`pchilikning salbiy fikrlariga sabab bo`ldi. Aslida psixolog nima demoqchi edi? 

Nargiza Sattorovaning "Darakchi" muxbiri Mohigul Diyorxo`jaevaga ta`kidlashicha, u o`z chiqishi bilan oila qurishdan avval inson eng avvalo o`ziga “Oila qurishdan maqsadim nima? Nima sababdan bu inson bilan turmush quryapman?” degan savollarni berishi kerakligini, qaysidir ehtiyojlarga asoslangan oilani o`sha ehtiyojlar qondirilgach va uning o`rniga boshqa ehtiyojlar dunyoga kelmasa, ushlab turish qiyin bo`lishini tushuntirmoqchi bo`lgan.

 – Aytaylik, agar oila ta`minot uchun qurilsa, erkak oilani hamma narsa bilan ta`minlab qo`ygach, ayolning boshqa talablari boshlanadi. Bundan tashqari, oila faqat nasl qoldirish uchun emas, bola tarbiyasida ham juda katta ahamiyat ko`rsatadigan omil hisoblanadi. Inson nimalardan o`tishi kerakligini, nima maqsadda turmush barpo etmoqchiligini anglashi kerak, deydi psixolog. 

U bu fikrlari uchun ko`pchilik tomonidan  “ayol-erkaklarga nikoh va oilasiz ham yashash mumkinligini singdirishga urinish”da ayblandi. 

—Ming afsuski, aksariyat kishilar qisqa videodan xulosa chiqarib qo`yishdi. To`g`ri, tanqid qilish mumkin. Ammo mening faoliyatimga fikr-mulohazani ham boshqacha usulda bildirish mumkin edi. Chunki har qanday etuk inson avval bir masalani atroflicha o`rganadi, ana undan keyin o`z qarashlari bilan o`rtoqlashish mumkin, – ayblovlarga o`z munosabatini bildirar ekan  Nargiza Sattorova.

Haqiqatdan ham bu nuqta juda ham nozik. Soham taqozosi bilan oldimga har kuni ayollar kelishadi. Ularni qiynayotgan aksariyat muammolar bu xiyonat, qo`shxotinlik, qaynona-kelin munosabatlari. Shaxsan o`zimni ham ko`p yillar mobaynida ayol-erkak munosabatlari o`ylantirib keladi. Bilasizmi, bolalar, ayollarda uchrayotgan kasalliklar ham aynan oilada muhit yaxshi emasligidan kelib chiqadi. Ona xotirjam va sog`lom bo`lmagan xonadonda farzandlar ham kasallanaveradi. Muhitning nosog`lomligi natijasida bolalar o`zlariga nisbatan ishonchni his etishmaydi. Ozgina e`tibor va maqtov tufayli yomon niyatli odamlarda ularni istalgan yo`lga og`dirish imkoniyati oshadi. Istaymizmi-yo`qmi oila biz uchun muhim ahamiyatga egaligi tufayli bu mavzuning og`riqliligi hayotimizga ta`sir qiladi. Demak, bu masalani qayta o`ylab chiqishing vaqti keldi.

U ajrimlarni kamaytirsh bo`icha ham o`z taklifini bildirdi. 

– Bu borada hech qachon qaysidir tarafni aybdor deb ayta olmaymiz. Ammo o`ylashimcha, oilaga psixologiyani ayollar orqali olib kirish mumkin. Chunki erkaklardan ko`ra ayollarning muammoni boricha tan olishi yoki yangi ma`lumotga ochiqliklari kuchliroq. Deylik, bir xonadonda, hech bo`lmasa birgina ayol muloqat qilish, komunikasiya, umuman insoniy qonuniyatlarni o`rgansa, jillaqursa bir oilada kimdir yaxshilanish uchun qadam tashlagan bo`lardi. O`qigan, ziyoli ayol degani o`zini kimdandir ustun qo`yadigan, erini mensimaydigan ayol degani emas. Har bir ayol oilasidagi muammolarni qo`shnisi, dugonalari bilan emas, balki aynan o`zi hal qilishni o`rganishi kerak. Va bu qiyin emas, shunchaki kerakli ilmlarni olib, o`z ustida ishlash, o`rganish kerak. Psixologiya aynan shu narsaga o`rgatadi, – deydi psixolog . 

 

    Boshqa yangiliklar