AsosiyJamiyat

Farg`onada saratonga uchragan ayol nafaqa olish uchun Ombudsmandan yordam so`radi

'Farg`onada saratonga uchragan ayol nafaqa olish uchun Ombudsmandan yordam so`radi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakiliga (Ombudsman)Farg`ona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro D.D.dan nogironlik belgilashda amaliy yordam so`rab murojaat qildi. Bu haqda Ombudsman Axborot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqarodan 2018 yili saraton kasalligi aniqlangan. Uning yozishicha, kasallik harajatlarining ko`pligi sababli, oilasi mahalladagi “Temir daftar” ga kiritilgan. 

Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganida fuqaro D.D.ning kasalligi bo`yicha  poliklinikada hisobda turganligi va yashash joyidagi Tibbiy maslahat komissiyasi tibbiy hujjatlarini nogironlikni belgilash masalasida  Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga taqdim etmaganligi ma`lum bo`ldi. 

Murojaat nazoratga olinishi natijasida fuqaro D.D. tegishli mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan va unga umumiy kasallik sababi bilan bir yil muddatga  nogironlikni ikkinchi guruhi belgilandi. 

 

    Boshqa yangiliklar