AsosiyJamiyat

Ukraina fuqaroligini olgan o`zbeklar ham O`zbekistonga evakuasiya qilinadimi?

'Ukraina fuqaroligini olgan o`zbeklar ham O`zbekistonga evakuasiya qilinadimi?'ning rasmi

Ushbu savolga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljonov javob berdi:

 So`nggi vaqtlarda aralash nikohdagi oilalar vakillari yoki O`zbekistonda tug`ilgan, ammo Ukraina fuqaroligini qabul qilgan fuqarolardan evakuasiya qilish bo`yicha murojaatlar ham ko`paydi.

Barcha murojaat qilayotganlarga urush hududini imkon qadar tezroq tark etib, Lvov shahriga borish tavsiya etilmoqda. O`zbekistonning Kievdagi Elchixonasi ularni Lvovdagi to`planish nuqtasidan “Krakovets” (Polsha) nazorat-o`tkazish punktigacha etkazishda yordam berishga tayyor.

Aralash nikohlar guruhi vakillarini O`zbekistonga evakuasiya qilish imkoniyati bo`yicha so`rovlarga javoban Elchixona ushbu shaxslar O`zbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan so`ng, ehtimol, pullik asosda evakuasiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar