AsosiyJinoyat

Andijon va Xorazmda er maydonlarini umumiy 22 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

'Andijon va Xorazmda er maydonlarini umumiy 22 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Oltinko`l tumani bo`limi bilan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro N.Yu. boshqa bir fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Andijon shahri, Boburshoh ko`chasidagi bo`sh turgan 3 sotix er maydoniga uy-joy qurish uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 12 000 AQSh dollari so`rab, shundan 1 700 AQSh dollarini qo`lga kiritib, yana 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yangiariq tumani bo`limi tomonidan DXXning Xiva shahri bo`limi bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. Yangiariq tumanidagi “Saburzom” mahallasida fuqaro R.ning nomiga go`yoki tugallanmagan turar joy binosi sifatida rasmiylashtirilgan 13 sotix ekin er maydonini fuqaro J.ga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga 10 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar