Bugun, 4 mart kunduz kuni O`zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat bo`yicha yog`ingarchilik kuzatilmaydi, deya qayd etmoqda "O`zgidromet".
Ta`kidlanishicha, faqat Qoraqalpog`istonda kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, chang to`zon kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida shamolning kuchayishi 25-30 m/s gacha etishi mumkin. Havo harorati 18-23° iliqgacha ko`tariladi.
Toshkentda yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° iliq bo`ladi.
Shuningek, tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 10-15° iliq o`ladi.






