Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bozor nazoratchisi yoshi katta erkakni "samosud" qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga quyidagicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, odamlar tomonidan fuqaroni "samosud" qilganikda aybdangan nazoratchi aslida hududda yuz bergan janjalning oldini olmoqchi bo`lgan.
"3 mart kuni Narpay tumani Tepa mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan X.K. hamda Paxtachi tumani Qora tepa mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan X.D. o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Holatga bozor nazoratchisi aralashib, ularni ajratib, IIB xodimlariga xabar bergan",-deyiladi ichki ishlar xabarida.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






