AsosiyJamiyat

11 ta aviareys bilan 2 579 nafar o`zbekistonlik vatanga qaytarildi — TIV

'11 ta aviareys bilan 2 579 nafar o`zbekistonlik vatanga qaytarildi — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti e`lon qilindi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 3-4 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 720 nafar O`zbekiston fuqarosi olib kelindi.

Shunday qilib, 4 mart holatiga ko`ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.  

Katovise aeroportidan uchta qo`shimcha parvoz kutilmoqda: bugun soat 14:30 va 16:00 da hamda 5 mart soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan).

Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to`planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, O`zbekiston o`z fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish bo`yicha tezkor ishlarni yo`lga qo`ygan sanoqli davlatlar safiga kirdi. Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar