Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro B.K. (muqaddam JKning 186-1-moddasi bilan sudlangan) yashash xonadonida etil spirtidan alkogol mahsulotlarini qo`lbola usulda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 60 litr spirt, 250 dona bir xil raqamli aksiz markalar, turli xil yorliqlar va boshqa asbob uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






