AsosiyJamiyat

Bir vaqtning o`zida bir shaxs 35 ta avtomobil uchun shartnoma tuzdi — UzAuto Motors

'Bir vaqtning o`zida bir shaxs 35 ta avtomobil  uchun shartnoma tuzdi — UzAuto Motors'ning rasmi

UzAuto Motors komraniyasi axborot xizmatining xabar berishicha, narxlar oshganiga qaramay,  sotuvning birinchi kunida jami 13 203ta avtomobilga shartnoma tuzilgan.

Eng e`tiborli holat, bir vaqtning o`zida bir shaxs tomonidan 35 ta avtomobil  uchun shartnoma tuzilganligidir. Sotuvning birinchi kuni jami 13 203 ta avtomobilga tuzilgan shartnomalardan  6 836 tasi (52%) shu tarzda tuzilgan.

Qayd etish joizki, «tadbirkorlar»ning oson daromad topishga bo`lgan yuqori qiziqishi, eng avvalo, o`z ehtiyojlari uchun avtomobil sotib olmoqchi bo`lgan iste`molchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirib, ortiqcha talabni shakllantiradi.  

Kompaniya ma`lum qilishicha, avtomobillar qayta sotish uchun emas, balki shaxsiy ehtiyoji uchun avtomobil sotib olayotgan mijozlarga avtomobillarni etkazib berishni birinchi o`ringa qo`yadi.

Avtomobillarni qayta sotish ehtimoli bilan tuzilgan shartnomalar aniqlangan taqdirda, kompaniya shartnoma shartlariga muvofiq (3.1.2 bandga muvofiq) avtomobilni etkazib berish muddatini qo`shimcha 120 kunga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar