AsosiyJamiyat

Prezident raisligida OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish mavzusida videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Prezident raisligida OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish mavzusida videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Asosiy mavzu - OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimiz oliygohlarida 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o`qimoqda (jami 820 ming nafar).

Davlatimiz rahbarining topshirig`iga muvofiq rektorlar, talabalar o`rtasida suhbat va so`rovnomalar o`tkazildi.

Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo`shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan.

Ayniqsa, ular orasida 7,5 ming chin etim yoki nogironligi bo`lgan hamda 4,5 ming nafar “daftarlar”ga kiritilgan talabalar bor.

"Bu raqamlar haqiqatda ancha yuqori. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan o`zlari muloqot qilib, haqiqiy holatni bilish va ularni band qilishga shaxsan mas`ul", dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin bo`lgan 105 mingta vakant ish o`rinlari mavjud.

    Boshqa yangiliklar