Davlatimiz rahbari boshchiligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida bo`sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish borasida tashkil etilishi lozim bo`lgan ishlarni belgilab berilmoqda.
Eng avvalo, OTMlardagi bo`sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, to`garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish kerakligi ta`kidlandi.
Prezident Farg`ona davlat universiteti va Andijon qishloq xo`jaligi institutini misol qilib keltirdi. Jumladan FarDUda:
- umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tashkil etilib, ularda 125 nafar;
- adras, milliy kiyimlar, kulolchilik sexlari, dorivor o`simliklardan shifobaxsh damlamalar tayyorlashda 18 nafar;
- “Do`stlik”, “Oqbilol” agrouchastkalari va Quvasoy shahridagi o`quv poligonlarida chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik hamda biogumus etishtirish yo`lga qo`yilib, 36 nafar talabaning bandligi ta`minlangan.






