AsosiyJamiyat

OTMlardagi ilmiy loyiha guruhlarining kamida 40 foizi talabalardan shakllantiriladi

'OTMlardagi ilmiy loyiha guruhlarining kamida 40 foizi talabalardan shakllantiriladi'ning rasmi

Yig`ilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.

Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor o`rtasida hamkorlikni tizimli yo`lga qo`ysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi ta`kidlandi.

Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.

Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini o`tkazish topshirildi.

Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o`rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta`minlash choralarini ko`rishi kerak.

    Boshqa yangiliklar