Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekistondagi gaz ta`minoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million so`mni so`m zarar etkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-fevral oylari davomida respublika bo`yicha 546 ta holatda ulgurji iste`molchilar tomonidan 15 million 532 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Buning oqibatida gaz ta`minoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million so`mni so`m zarar etkazilgan.
Ushbu miqdardagi tabiiy gaz 1 million xonadoning bir kunlik iste`molini tashkil qiladi. Noqonuniy foydalanish holatlarining ko`pi Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida aniqlangan.
“Aniqlangan barcha holatlar bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.






