AsosiyJamiyat

Bugun ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi hududlarda esa kuchli shamol bo`ladi

'Bugun ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi hududlarda esa kuchli shamol bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang to`zonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. tilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar