O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining navbatdagi axboroti e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 666 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga etgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 5 martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi va 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 5 martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
O`zbekistonnig Kiev shahridagi Elchixonasi sa`y-harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar vatandoshimiz evakuasiya qilindi. Sumi oblasti ma`muriyati bilan bu erdagi oliygohlarda o`qiyotgan 25 o`zbek talabasini olib chiqish uchun "yashil yo`lak" ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo`lib, fuqarolarimizni evakuasiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar.






