AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda 15 yoshli qiz to`rt erkak tomonidan zo`rlangani aytilmoqda. Qiz homilador

'Qashqadaryoda 15 yoshli qiz to`rt erkak tomonidan zo`rlangani aytilmoqda. Qiz homilador'ning rasmi

Internet tarmog`ida Kasbi tumanida 15 yoshli qizning zo`rlangani haqida xabar tarqaldi. 

Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Keltirilishicha, mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman IIB  huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 2-qism a bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida voyaga etmagan H.Aning arizasiga ko`ra, zo`rlaganlikda gumon qilingan 4nafar shaxs bu harakatlarni sodir etmaganliklarni aytib, inkor qilishgan.

Tergov ishida dalillar etarli bo`lmaganligi bois tergov hujjati vaqtincha to`xtatilgan. Bola tug`ilib, DNK tekshiruvi natijasi e`lon qilinishi bilan tergov harakatlari qayta qo`zg`atiladi.

    Boshqa yangiliklar