AsosiyJamiyat

Dang`arada “Nexia” avtomashina haydovchisi “MAN” yuk avtomashinasi bilan to`qnashishi oqibatida vafot etdi

'Dang`arada “Nexia” avtomashina haydovchisi “MAN” yuk avtomashinasi bilan to`qnashishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

4 mart kuni haydovchi K.I “Nexia 3” rusumli avtomashinasini Teleming MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashgan.  Oqibatda, “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi K.I hodisa joyida joyida vafot etgan hamda yo`lovchisi P.J tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar