1

Toshkentdagi Kadisheva bozori yopildi (Foto)

Jamiyat 06.06.2016, 13:01
Teglar: Bozor
Toshkentdagi Kadisheva bozori yopildi (Foto)

Bugun erta tongdan Kadisheva nomi bilan mashhur bo`lgan “Aviasozlar dehqon bozori” darvozasi oldi hech nimaga tushunmagan xaridorlar bilan to`lib-toshdi. Ular yopiq darvozadan bozor ichkarisidagi tartibsizlikni kuzatishdi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana” nashri.

Bozor yakshanba kuni odatdagi tartibda ishladi. Bugun soat 8.00 dan boshlab barcha chodir va soyabonlar buzib tashlandi, do`konlar yopildi. Bozor yonidagi ustunga “Sanitariya kuni” degan yozuv ilib qo`yilgan. Bozor ma`muriyati bu haqda hech qanday ma`lumot bermagan. Guvohlarning aytishicha, kecha bu erda sanitariya va soliq xodimlari tomonidan bir qancha tekshiruvlar o`tkazilgan, shundan keyin bozor yopilgan. Bir qancha go`sht, sabzavot, meva-cheva, buyum savdo rastalari kechasi buzib tashlangan. 

“Novosti Uzbekistana” sayti tahririyati Yashnabod tuman hokimiyati ma`muriyati bilan bog`langanda, ular bozorni buzib tashlash, qayta rekonstruksiya qilish haqida gap bo`lmaganligini, “Sanitariya kuni” munosabati bilan yopilganligini, bugun tushdan keyin bozor darvozalari ochilib, odatdagi tartibda ish boshlashini bildirgan.

Sharhlar

Statqo`m markaziy dehqon bozorlaridagi narx-navoni ma`lum qildi

15.10.2021, 09:06

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi. 13 oktyabr holatiga bozorlarda suyakli mol...
"Abu-Saxiy" bozorida yotib yurgan ayolning shaxsi aniqlandi (video)

06.11.2019, 00:27

4 noyabrdan 5 noyabrga o`tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi “Abu-Saxiy” bozori atrofida uysiz qolgan keksa yoshdagi onaxon ko`chada yotib kun kechirayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur...
​“Chorsu”dagi do`konlardan birida o`g`irlik fosh etildi

11.07.2017, 11:20

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 16:30larda, muqaddam sudlangan Musaeva Zarifa Tursunqul qizi, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori...
​“Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o`g`irlik sodir etgan shaxs ushlandi

19.05.2017, 12:10

2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori yonida 1984 yilda tug`ilgan Zangiota tumani Bobur ko`chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safaev Shuhrat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1