"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonga nam va salqin ob-havo saqlanib turadi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qoraqalpog`istonda shamol tezligi 18-23 m/s gacha, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo kunduz kuni 12-17° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarimida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






