DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. Unda qimmatbaho metall o`g`rilarini qo`lga olingan.
Ma`lum qilinishicha, Olmaliqlik X.F "Olmaliq KMK" AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U "Oltin va kumushni afinajlash sexi"ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo`ygani fosh bo`lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og`irligi 4 kg. 435 gr. sanoat mahsuloti – shlam prosessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko`ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln. so`mlik 160.5 gr. qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlangan.
Fuqaro X.F Chirchiq shahrida "Olmaliq KMK” AJning qo`riqlash xizmatiga bo`lib o`tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo`lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






