AsosiyJamiyat

5—6 mart kunlari Ukrainadan 440 nafar O`zbekiston fuqarosi olib kelindi

'5—6 mart kunlari Ukrainadan 440 nafar O`zbekiston fuqarosi olib kelindi'ning rasmi

2022-yilning 5-6 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 440 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga etgaman shaxs va 20 ta chaqaloq olib kelindi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotiga ko`ra, 28-fevraldan 5-martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo`layotgan joylardan 3 685 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

6-martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to`planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.

O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo`lib, fuqarolarimizni evakuasiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

    Boshqa yangiliklar