Sha`bon oyi hijriy-qamariy oylarning sakkizinchisi bo`lib, u muborak ramazon oyidan bitta oldingi oy hisoblanadi.
Bu oyda yanada ko`proq nafl ro`za tutish, Qur`on tilovat qilish va tungi ibodatlar bilan mashg`ul bo`lish lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda ko`p nafl ro`za tutardilar.
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu: "Yo Allohning Rasuli, oylardan hech birida Sha`bon ro`zasidek ro`za tutganingizni ko`rmadim", dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Bu bir oyki, odamlar undan g`aflatda qoladilar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki, unda amallar Robbil olamiynga ko`tariladi. Men amallarim ko`tarilayotganda ro`zador bo`lishni yaxshi ko`raman”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).






