AsosiyDunyo

Moskvalik ayol 60 yoshda ona bo`ldi

Rossiya poytaxtida ilk marotaba 60 yoshli ayol ona bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

2016 yilning 24 may kuni 60 yoshli moskvalik ayol onalik baxtiga muyassar bo`ldi. Homiladorlik EKO yordamida amalga oshirilgan. Homiladorlikning 34 haftasida kesarcha kesish operasiyasi o`tkazilgan. Chaqaloq o`g`il bola bo`lib, og`irligi 2,32 kilogramm bo`lgan, tug`ruqdan keyingi ilk sutkada diffuzli kislorod yordamida nafas olgan. 

Chaqaloq ko`krak sutini emmoqda. Hozirda ona va bola o`zlarini yaxshi his qilmoqda. Ayolning aytishicha, homiladorligi engil kechgan, boshqorong`ilik, shishlar uni bezovta qilmagan, faqat oxirgi to`rt haftada qon bosimi ko`tarilgan, xolos.

Boshqa yangiliklar