AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 7 mart kunduz kuni Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarimida, respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarimida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkinligi aytiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-16° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxt Toshkentda ham havo o`zgarib turadi, kechga tomon yomg`ir yog`adi. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar