Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi Olgan Bekar buni ma`lum qildi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashgani haqida yozgan edik.
Elchi J.Ortiqo`jaevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, o`zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini bildirgan. Shuningdek, mart oyining oxirida bo`lib o`tadigan II-strategik hamkorlik bo`yicha sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdog`an O`zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini ma`lum qilingan.






