Ushbu yo`nalishda aviachipta narxi 2 593 810 so`mdan boshlanadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar bermoqda.
Unga ko`ra, 2022 yil 13 va 20 martda Toshkent — Ekaterinburg — Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiriladi.
- Toshkentdan uchish: 19:00 (Toshkent vaqti bilan);
- Ekaterinburgga etib borish: 22:00 (Ekaterinburg vaqti bilan);
- Ekaterinburgdan uchish: 23:40 (Ekaterinburg vaqti bilan);
- Toshkentga etib borish: 02:30 (Toshkent vaqti bilan).
"Toshkent – Ekaterinburg yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 2 593 810 so`mdan (bagajsiz) va 2 966 363 so`mdan (bagaj bilan), Ekaterinburg – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rubldan (bagaj bilan) boshlanadi",-deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, narxlar 05.03.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.






