AsosiyJamiyat

Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun bugun yana bitta reys rejalashtirilgan — TIV

'Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun bugun yana bitta reys rejalashtirilgan — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining navbatdagi axboroti e`lon qilindi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 674 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga etgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 fevraldan 7 martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo`layotgan joylardan 4 359 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to`planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.

O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo`lib, fuqarolarimizni evakuasiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

    Boshqa yangiliklar