AsosiyJamiyat

Farg`onada “Nexia 3” haydovchisi “MAN” yuk avtomashinasi bilan to`qnashishi oqibatida vafot etdi

'Farg`onada “Nexia 3” haydovchisi “MAN” yuk avtomashinasi bilan to`qnashishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

4 mart kuni haydovchi K.I “Nexia 3” rusumli avtomashinasini Teleming MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib ketishi oqibatida, “Nexia 3” rusumli avtomashina haydovchisi K.I hodisa joyida joyida vafot etgan hamda yo`lovchisi P.J tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabar berilishicha, mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar