O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududi bo`yicha havo o`zgarib turadi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kuning birinchi yarmida, respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Havo harorati 13-18o iliqni tashkil etadi.
Keyinchalik, ish haftasining oxirigacha, Erondan va Kaspiy dengizi hududlaridan bir qator nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududlari bo`yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 10 martda respublika hududlarining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, ushbu haftaning qolgan kunlarida respublikaning barcha viloyatlari bo`yicha turli jadallikdagi yomg`irlar tanaffus bilan yog`ishi kutilmoqda. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg`ir kamroq yog`adi va yog`ingarchilik orasidagi tanaffus uzoq bo`ladi.
10-11 martda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati 11-16o iliq atrofida bo`ladi, ikkinchi yarmida esa harorat 18-21o gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik yomg`ir va qor ko`rinishida yog`adi va qor ko`chkisi xavfini yaratadi.
12-13 mart dam olish kunlarida ham yomg`irli ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi.