Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`lib o`tmoqda. Tadbirda O`zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.
Ma`lum qilinishicha O`zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fanga bo`lgan qiziqish va ishtiyoqini oshirish maqsadida, biz bir qancha muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, kelgusi o`quv yilidan boshlab:
magistraturada o`qiyotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini to`liq byudjetdan qoplab berish uchun, har yili 200 milliard so`m mablag` yo`naltiriladi;
doktorantura yo`nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
"Bu ishlarni tizimli ravishda tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida, Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi huzurida “Olima ayollar jamiyati” tuziladi. Ushbu jamiyat mamlakatimizda va xorijda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishayotgan olima ayollarimizni jipslashtirib, ularning aql-zakovat nuri hayotimizning har bir jabhasiga kirib borishi uchun o`ziga xos parvoz maydoniga aylanadi,– dedi Prezident.
Tadbirda “Olima ayollar jamiyati”ga har yili 50 milliard so`m mablag` ajratilishi ta`kidlandi.






