AsosiyJamiyat

Toshkentda "Spark"ni quvib ketayotgan YPX mashinasi "Gentra" bilan to`qnashib ketdi

'Toshkentda "Spark"ni quvib ketayotgan YPX mashinasi "Gentra" bilan to`qnashib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX avtomashinasi "Spark"ni quvib ketayotgan vaqtda "Jentra"ni urib, ag`darib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 4 mart kuni taxminan soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo`li hududida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori safdor A.Raxmatov “Spark” rusumli avtomashina haydovchisiga xushtak va jezl orqali “to`xtash” ishorasini bergan.

Biroq haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmay, uning to`xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatni davom ettirib, yo`l harakati qoidalarini buzgan, jumladan tezlikni belgilangan me`yordan oshirib, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmagan.

YPX inspektori o`ziga biriktirilgan “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 512 VSC xizmat avtomashinasida “Spark” avtomashinasini kuzatib borayotgan vaqtda, 1995 y.t., Mirzoxid M. boshqaruvidagi “Lecetti” rusumli, davlat raqam belgisi 75 S 185 OA avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida ikkinchi “Lacetti” avtomashinasining yo`lovchisi 1997 y.t., Firdavs A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar tomonidan unga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekshiruv o`tkazilmoqda. Shu bilan birga, “Spark” avtomashinasining haydovchisini qaerdaligini aniqlash choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar