AsosiyJamiyat

Olti bokschimiz Osiyo chempionati medalini naqd qildi

'Olti bokschimiz Osiyo chempionati medalini naqd qildi'ning rasmi

Iordaniyaning Amman shahrida o`tkazilayotgan boks bo`yicha Osiyo chempionatida o`smirlar o`rtasidagi chorak final bahslari tashkil etildi.

Kecha kun davomida 6 nafar bokschimiz chorak finalda ringga ko`tarildi va ularning barchasi g`alaba qozonib, yarim finalga yo`l oldi. 

Ushbu g`alaba orqali olti nafar bokschimiz Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo`ydi.  

Jumladan, Ilhomjon Ergashev iroqlik raqibini birinchi raundda mag`lub etdi. Samandar Olimov tojikistonlik bokschidan, Sunnatilla O`ktamaliev qirg`izistonlik raqibidan ustun keldi.

Mironshox Norqosimov iordaniyalik bokschini, Farrux To`laganov eronlik bokschini, Mirzakamron Yunusov esa BAA vakilini ikkinchi raundda mag`lubiyatga uchratdi.

    Boshqa yangiliklar