O`zbekiston musulmonlari idorasi “Umra – 2022” ziyoratchilari uchun nimcha (kamzul) va sumka tayyorlab beruvchi korxona va tashkilotlar o`rtasida mazkur mahsulotlarga alohida-alohida ochiq tanlov e`lon qiladi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
1. Tashkilot guvohnomasi, rahbar shaxsning pasport nusxasi.
2. Tijorat banklardan K-2 ma`lumotnoma.
3. Nimcha (kamzul) va sumka namunalari.
4. Tijorat taklifi.
5. Korxonaning bankdagi so`nggi bir yillik pul mablag`lari aylanmasi haqida ma`lumotnoma.
6. Bog`lanish ma`lumotlari.
7. Amaldagi qonunchilikka muvofiq qo`shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo`lgan korxona va tashkilotlar 2022 yil 6 aprel kuniga qadar mazkur hujjatlarni O`zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari zarur.