Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Muxtor Muhitdinov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning tegishli qarori imzolangan.
Muxtor Muhitdinov 2020 yilning noyabrida Toshkent shahar hokimining o`rinbosari — shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlangandi.
U 1973 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda O`zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Muxtor Muhitdinov poytaxt hokimi o`rinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i sifatida ishlab kelgan






